Kolumnistlar

AQSH va NATO javobi – xavfsizlik muammolarini “aralashtirib yuborish”

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka oʻtishVstrecha glavы MID S. Lavrova s gossekretarem SSHA E. Blinkenom v Jeneve
Vstrecha glavы MID  S. Lavrova s gossekretarem SSHA E. Blinkenom v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvaning global xavfsizlik choralariga oid takliflariga Gʻarb jamoasi kutilganidek nokonstruktiv – rasmiyat va tajovuzkorlik bilan javob qaytardi.
Rossiyaning keyingi harbiy-siyosiy va harbiy-texnik munosabat bildirishi AQSH va NATO uchun mutlaqo oldindan aytib boʻlmaydigan boʻlib qoladiyu Amerika sinovlarning baxtiqaro qurboni esa – Ukraina – Sharq va Gʻarb jangining asosiy maydoni boʻlmaydi.
2021 yil 15 dekabr kuni teng xavfsizlik kafolatlari toʻgʻrisidagi Rossiya loyihasi Qoʻshma Shtatlar va NATOga topshirilganidan keyin Vashington va Bryussel javob ustida 40 kundan ziyod vaqt bosh qotirdi, pozitsiyalarni ittifoqchilari bilan muvofiqlashtirdi. Natijada 26 yanvar kuni ular oʻzlariga mos va qulay boʻlgan Rossiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Belarus va Dnestrboʻyiga nisbatan fikrlari va quruq tahdidlarini takrorlashdi, xolos. Boz ustiga "hamkorlar" Rossiya TIVdan oʻz javoblarini chop qilmaslikni soʻrashdi va bu "Yangi Yalta boʻlmaydi" yoki "ruslar, taslim boʻling!" uslubidagi pozitsiyalari boʻshligi va gaplari ishonchsiz ekanidan dalolat beradi. Hujjatlar mazmuni, Rossiya TIV Sergey Lavrovning taxmin qilishicha, tez orada keng jamoatchilikka maʼlum boʻladi.
AQSH va NATOning global xavfsizlik muammolarning Ukraina atrofidagi "vaziyat keskinligiga" borib taqalishiga urinishi joʻn va istiqboli yoʻq boʻlib koʻrinadi. Buning ortidan Vashington ittifoqchilari nomuvofiqlikning misli koʻrilmagan inqirozini boshdan kechirishmoqda, yaʼni oʻz milliy manfaatlari haqida qaygʻurishmoqda. Maʼlum boʻlishicha, ayrim Yevropa davlatlarining energetika va moliyaviy manfaatlari mavjud. Ular, Maykl Rojersning razvedka va global munosabatlar markazi direktori Joshua S.Xuminskining soʻzlariga koʻra, "ularni Moskvaga taʼsir oʻtkazish uchun yanada zaifroq qilishadi" va bu Rossiyaga qarshi turishni qiyinlashtiradi.
AQSH eng asosiy savolga javob bermadi – Lavrov
Gʻarbning Moskva bilan stratenik quro-yaroqlarni cheklashning ayrim yoʻnalishlari va Yevropadagi harbiy mashgʻulotlarning shaffofligi yuzasidan muzokaralar oʻtkazish niyati borligi quvonarli, biroq xavfsizlikning global tizimi uchun yetarli emas. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning 26 yanvardagi bayonoti: "Rossiya Ukraina, Gruziya va Moldovada bu mamlakatlarning roziligisiz joylashtirilgan qoʻshinlarini olib chiqib ketishi shart", - alyansning geosiyosiy realligi va geografiyasi hududidan toʻliq uzilgan.
Xalqaro huquqi asosida Abxaziya va Janubiy Osetiya Gruziyaning bir qismlari emaslar, Qrim yarim oroli esa 2014 yildan Rossiya tarkibida. Dnestrboʻyidagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari koʻp tomonlama bitim asosida boʻlib turishibdi va unga NATOning aloqasi yoʻq.
Shu bilan birga 26 yanvar kuni Rossiya AQSH va NATOning tahdidlariga harbiy-siyosiy va harbiy-texnik munosabat bilish uchun maʼlum darajada erkinlik oldi, ustiga ustak sayyoraning turli burchaklarida. Oʻylaymanki, yaqin oylarda bu voqeaning fusunkor davomi boʻladi.
Moskva Vashingtondan maxfiy hujjat oldi

Agar ertaga urush boʻlsa

Gʻarb qatʼiylik bilan Rossiya pozitsiyasini inobatga olishni istamayapti. Murosasiz Vashington NATOni postsovet hududida yanada kengaytirishni koʻzlamoqda. Germaniya va Frantsiyaning ayrim qarshiliklariga qaramay, Bryussel NATO chet el qoʻshinlarini Sharqiy Yevropada (Ruminiya, Polsha, Boltiq mamlakatlarida) koʻpaytirmoqda. Stoltenberg kuni kecha dediki: "Yomon variantga tayyorlanyapmiz. Kuchlarimiz shayligini oshiryapmiz, biz oʻz boʻlishlarimizni, jumladan, Boltiq va Qora dengizlar hududida oshiramiz. U yerlarga koʻproq kemalar va harbiy samolyotlar joʻnatiladi".
AQSH maʼmuriyati Montryo konventsiyasini qayta yozish yoki bekor qilishga urinmoqda. Amerikalik kongressmenlar "Rossiyadan himoya qilish uchun" Polshaga M1A2 Abrams tanklarini yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirishmoqda. Vashington va London Javelin va SMAW-D larni faol yetkazib bermoqda. Chexiya Ukrainani yirik kalibrli snaryadlar bilan “oʻqlamoqda”. Mana shunday Yevropada va Shimoliy Amerikada urush arvohi kiyinib, qonga toʻlmoqda.
Gʻarb Rossiya bilan qurolli toʻqnashishni yaqinlashtirmoqda. Global xavfsizlik muammolarini diplomatik yoʻl bilan hal qilish maydoni uzluksiz toraymoqda. Boʻlajak mojaroning jadalligi, koʻlami va geografiyasi borasida mulohaza yuritib, AQSH va NATO rahbarlari boʻlib oʻtayotgan vaziyat keskinlashining realligini baholashga qodir emas. Vaziyat keskinlashishi “Ukraina atrofida emas”, balki Vashington va Bryusseldagi “qaror qabul qilish markazlarida”.
Respublikachilar partiyasidan boʻlgan kongresschi Marjori Grinning soʻzlariga koʻra, amerikaliklar Rossiya bilan yadroviy urushda Ukraina Xanter Baydenga nisbatan (AQSH prezidentining oʻgʻli) kompromatga ega ekanligi sabab halok boʻlishadi.
Nima boʻlsa ham, Qoʻshma Shtatlar va NATO tomonidan global xavfsizlik tamoyillari buzilishi yirik mojaroga zamin yaratadi. Rossiya qudratli yadroviy davlat sifatida bir muddatga mintaqaviy (ukrain) mavzusini chetga surib qoʻyib, oʻzining geosiyosiy maqsadlarini erishishni taʼminlashga qodir. Germaniya allaqachon oʻta kuchli boʻlgan Rossiya manfaatlarini eʼtiborga olmaslikning iloji yoʻqligini aytdi.
Rossiya qoʻshnilari bilan ixtilofga borish yoki KXSHTni AQSH chegaralariga kengaytirishdan mutlaqo manfaatdor emas.
Agar bu Rossiyaga bogʻliq boʻlsa, unda urush boʻlmaydi - Lavrov
“Breaking Defense” nashri yozadiki: “Rossiyaning Yevropadagi yondashuvi alyansni siyosiyo jihatdan parchalashga, mamlakatlar bilan alohida ish olib borish va ularni bir-biriga gijgijlashga qaratilgan. Hamjihatlik namoyish qilinigi kerak boʻlgan yerda Berlin va Parij Moskvaning NATO bu birdamlik yetishmaydigan qogʻozli yoʻlbars ekani haqidagi hikoyasiga ishonmoqda”.
"Yoʻlbars" Afgʻonistondagi 20 yillik jangovar harkatlardan soʻng toliblardan tepki yeganini unutmaslik zarur. NATO qoʻshinlari xuddi shunday sharmandalik bilan Iroqdan olib chiqilmoqda.
Avvalroq “mudofaalanuvchi” alyans BMT sanktsiyasisiz Yugoslaviya, Liviya va Suriyani bombardimon qilgandi. 2008 yilgi Gruziya tajovuzi va 2014 yildagi Kiyevdagi qurolli toʻntarishni ham Vashington tashkillashtirgan. Soʻnggi ikkisida Rossiya milliy xavfsizlik tahdidlariga javob qaytardi xolos, boshqacha yoʻl ham tutolmasdi.
Ayrim kuzatuvchilar bugun Rossiya namoyishkorona mashgʻulotlar shaklidagi joylashtirishdan oldingi tayyorgarliklarni oʻtkazmoqda deb hisoblashmoqda. Biroz avval Washington Post yozgandiki: “Moskva oldindan bajarilishi mumkin boʻlmagan talablarni... bu talablar rad qilinganda harbiy harakatlar uchun ehtimoliy bahona deb yaratish uchun ilgari surgan”.
Oʻylaymanki, ayiq taygadagi qoʻshnisi surbetlik bilan boshiga chiqsa, oʻz tirnoqlaridan uyalmasligi kerak. Moskva tomonidan Sharqiy Yevropada belgilangan qizil chiziqlarni NATO buzishi 2022 yilda har qanday holatda AQSH va NATO foydasiga hal boʻlmaydigan harbiy mojaroga olib kelishi muqarrar.
Vakillar palatasi va Senatning 55 nafar deputat demokratlari 26 yanvar kuni Amerika prezidenti Jozef Baydenni "birinchi boʻlib yadroviy qurol qoʻllamaslik" strategiyasini eʼlon qilishga, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralarni qoʻllab-quvvatlashga, yangi qanotli raketalarni va Trident II D5ni ishlab chiqarishni toʻxtatish turishga chaqirdi.
Britaniya sohillaridan 250 km uzoqlikda Rossiya HDFning raketa otishmlariga tayyorgarligi ortidan Britaniya mudofaa vaziri Ben uolles ehtiyotkorlik bilan Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan muzokaralarni eʼlon qildi.
Amerikaliklar tomonidan Ukrainada sunʼiy inqirozni keltirib chiqarilganiga toʻxtaladigan boʻlsak, bu yerda jangovar ohangda gapirish yoki NATO tomonidan qurol yetkazib berilishi mumkin emas. Sharqiy Yevropani ehtimoliy afgʻonlashtirish, avvalo buni tashkil etganlarga (Vashington va Bryussel) zarba beradi.
Chetdan yaxshiroq koʻrinadi. Xitoy TIV rahbari Van I 27 yanvar kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida eslatdi: vaziyatning yaxshilanishi uchun Kiyev Minsk kelishuvlarini bajarishga qaytishi darkor, xolos.
AQSH Rossiya takliflariga kelasi hafta javob beradi: Lavrov va Blinken muzokara natijalari
Qoʻshma Shtatlar va ularning yevropalik ittifoqdoshlarining global xavfsizlik muammosini ukrain epizodi bilan almashtirib qoʻyishga, Rossiyaning aniq takliflarini "aralashtiib yuborish" qoʻlidan kelmaydi. Boshqa tomondan, Ukraina oʻn yillab amerikacha demokratiya va "Yevropa markazida Afrika bilan" gurkirayotgan va chirib borayotgan gʻarb qadriyatlarining antireklamasi boʻlib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0