Sport

Boks. Yosh oʻzbek bokschilari Osiyoda tengsiz boʻlishdi

© Foto: NOK UzbekistanaUzbekistan zanyal pervoye mesto v komandnom zachete na chempionate Azii po boksu sredi molodeji do 22 let
Uzbekistan zanyal pervoye mesto v komandnom zachete na chempionate Azii po boksu sredi molodeji do 22 let - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boks boʻyicha 22 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi boʻldi.
TOSHKENT, 30 yanv — Sputnik. Toshkentda ilk bor tashkil etilgan boks boʻyicha 22 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, qitʼada tengsiz ekanini isbotladi.
Qizlar oʻrtasida final janglarida 4 oʻzbekistonlik bokschi qiz gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yigitlardan 12 bokschi finalda bahs olib borib, barchasi oltin medalga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, 16 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan yoshlar terma jamoasi bu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.
Oltin medal:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Javlon Yoʻldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
+92 kg: Jahongir Zokirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva
Kumush medal
-54 kg: Nigina Oʻktamova
Bronza medal:
-92 kg: Javohir Togʻaymurodov
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova
Yangiliklar lentasi
0