Hodisalar

Andijon viloyatida yangi tugʻilgan chaqaloq murdasi topildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Andijonda 17 yoshli qiz yangi tugʻilgan chaqalogʻini qurilishi tugallanmagan bino orqasiga tashlab ketgan.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida chaqaloq oʻlik holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilning 21 yanvar kuni soat 09:30 larda tumandagi "Janubiy Olamushuk" shaharchasi, "Ittifoq" mahallasidagi koʻp qavatli uylar joylashgan hududdan qiz jinsli yangi tugʻilgan chaqaloqning jasadi tashqi tan jarohatlarsiz topilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida chaqaloqni voyaga yetmagan M.SH. (2004 yilda tugʻilgan) uyining yonidagi qurilishi tugallanmagan bino ichida 20 yanvar kuni soat 23:00 larda oʻlik tugʻib, uning jasadini binoning orqa tomoniga tashlab ketgani aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining dastlabki maʼlumotnomasida tugʻilgan chaqaloq oʻlik homila ekani koʻrsatilgan.
Chaqaloqning oʻlim sabablarini va badanlarida tan jarohatlari yoki ularning izlari bor-yoʻqligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Jalaquduq tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini davom ettirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0