Arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi uchun rad etish taqiqlanadi

© Pexels / EKATERINA BOLOVTSOVASudeyskiy molotok
Sudeyskiy molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Ma’muriy sudlarga dalillarni yig‘ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
Qarorga muvofiq, davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:
ma’muriy sudlarga dalillarni yig‘ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi;
davlat organlari qarorlari natijasida yetkazilgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqi beriladi;
ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qo‘llanadi.
Endilikda arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatishni taqiqlanadi.
Arizalar sudga taalluqli bo‘lmaganda ularni ko‘rib chiqish vakolatli sudga o‘tkaziladi.
Bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik sudga taalluqli bo‘lganda ularni birlashtirish taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0