Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 fevraldan qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi

© Irina PasxinaPloщad Mustakillik
Ploщad Mustakillik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston qonunchiligida 2022 yil 1 fevraldan bir qator oʻzgarish va yangiliklar kuchga kiradi.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Adliya vazirligi mamlakatda kuchga kiradigan asosiy oʻzgarishlar haqida maʼlumotni tayyorladi.
1. Jismoniy shaxslarga oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida oʻz xonadonida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.
2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan, biroq daromadining 80 foizidan ortigʻini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subʼyektlar uchun:
- foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari);
- yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
- yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar elektron tizim orqali aniqlanadi.
Hukumatnig 26-son qaroriga asosan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga oid maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.
3. Korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-81-son qaroriga koʻra, 2022 yil 1 fevraldan boshlab korruptsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, tegishli roʻyxatda keltirilgan va oʻz faoliyatida korruptsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.
4. Yangi hokim oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-76-son qaroriga koʻra, 2022 yil 1 fevraldan boshlab:
viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy qilinadi.
Shuningdek, Prezident qarorida Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0