O‘zbekistonga olib kiriladigan ayrim tovarlar bojxona bojidan ozod etilmoqda

CC0 / Pixabay / Florian-Media / Naushniki, arxivnoe foto
Naushniki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
2025 yil 1-yanvargacha ovoz, tasvir yoki boshqa ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish apparaturasi, quloqchinlar kabi tovarlar bojxona bojidan ozod etiladi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra,O‘zbekistonga olib kiriladigan ayrim tovarlar (ovoz, tasvir yoki boshqa ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish apparaturasi, ma’lumotlarni saqlovchi qurilmalar, proyektorlar, karnaylar, quloqchinlar) 2022 yil 1-fevraldan 2025 yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz etib o‘rnatiladi.
Xizmatlar sohasidagi yangi loyihalar uchun 14 foiz stavkada bitta loyiha bo‘yicha 2 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi.
Tadbirkorlarga mehmonxona bo‘yicha yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 90 foizga kamaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0