Migratsiya

Rossiya Oʻzbekistondan qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun ishchi soʻradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishSbor urojaya yablok
Sbor urojaya yablok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadagi ishga jalb qilish loyihasiga qoʻshilishi mumkin.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistonga oʻzbekistonliklarni qishloq xoʻjaligi korxonalaridagi ishlarga jalb qilishga oid soʻrov yubordi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili soʻzlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
2021 yil kuzidan buyon ikki mamlakat oʻrtasida Oʻzbekistondan ishchilarni Rossiya qurilishlariga olib kelish boʻyicha pilot dasturi amal qiladi.
Dekabr oyida Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi respublikaning mingdan ziyod fuqarolarini oʻsha pilot loyiha doirasida agrosanoat majmualari korxonalaridagi ishlarga jalb qilish toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini tayyorlagandi.
“Qurilish vazirligidan tashqari pilot loyihasida Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi ham ishtirok etadi. Ular rasman bildirishdi (xohish – tahr). Biz hozir ulardan kishilar sonini kutyapmiz” – degan agentlik vakili.
Qayd etilishicha, ishga joylashish uchun fuqarolarga maxsus tibbiyot kartasi lozim boʻladi. U oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga kirishga kerak.
“Bu tomonlarini hozir aniqlashtiryapmiz. Kelasi hafta aniq maʼlumot boʻladi, fevralda, oʻylaymanki, bu loyiha ham ishga tushiriladi”, - dedi RIA Novosti suhbatdoshi.
Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi hisob-kitobiga koʻra, ishchi kuchlar koʻproq sabzavotchilik, bogʻdorchilik, parrandachilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatga kerak.
Oʻzbekistonlik migrantlarni Rossiya qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilishmoqchi
Yangiliklar lentasi
0