Hodisalar

Samarqandda keksa kishining yuziga tepgan fuqaro aniqlandi

© Foto: Samarqand viloyati IIBSamarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit IIBga olib kelindi
Samarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit IIBga olib kelindi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Voqea Samarqand shahri Qoʻshchinor mahallasida sodir boʻlgan. 15 yoshli voyaga yetmagan bola mahalladoshining yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Samarqandda keksa odamning yuziga tepgan yigit aniqlanib, IIBga olib kelindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, voqea 2022 yilning 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda Samarqand shahri Qoʻshchinor mahallasida sodir boʻlgan. 15 yoshli voyaga yetmagan Oʻ.A. mahalladoshi, 54 yoshli fuqaro F.R.ning yuz qismiga tepib hodisa joyini tark etgan.
Buni bolaning tanishi R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Taʼkidlanishicha, Oʻ.A.ning ota-onasiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, boʻlib oʻtgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida ham muhokama etilgan.
“Qoʻshimcha sifatida aytish mumkinki, Oʻ.A. sport bilan shugʻullanib kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilganidek, yigit tiktokchi yoki tarmoq faoli emas”, - deyilgan xabarda.
Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Mavzuga oid:

Samarqandda yigit yoʻlda ketayotgan keksani urib qochdi – video
Yangiliklar lentasi
0