Hodisalar

Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ruhiy kasalliklar dispanserida "uchyotda" turgan

© Sputnik / Aleksandr KryajevVrach vыxodit iz operatsionnoy
Vrach vыxodit iz operatsionnoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qizini ayiqlar qafasiga tashlab yuborgan ona ruhiy asab kasalliklari dispanserida roʻyxatda turgani maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent hayvonot bogʻida ona 3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborganligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qilishicha, ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida roʻyxatda turganligi maʼlum boʻldi.
Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Bundan avval Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida maʼlumot berdi. Z.T. ismli ayol va 31 yoshda. Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiladi.
Ayol 2018 yilda tugʻilgan qizi va yana bir farzandi bilan otasining uyida yashab kelmoqda.
Ayol Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlaridan birida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ketgan va hozir u bilan birga yashamaydi. Shu sababli ayol ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.
Mutasaddilar ajralish yoqasiga kelib qolga fuqaro Z.T.ning oilasini yarashtirish choralarini koʻrishgan.
Z.T. 2021 yilda "ayollar daftari"ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablagʻlari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.
Yangiliklar lentasi
0