Jamiyat

Firdavs Abduxoliqovga nisbatan maʼmuriy ish ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel "Uzbekkino" Firdavs Abduxalikov
Predsedatel Uzbekkino Firdavs Abduxalikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kinematografiya agentligi bosh direktoriga qarshi davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish moddasi bilan maʼmuriy ish ochilgan.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov oʻz oila aʼzolariga tegishli telekanalga davlat buyurtmalarini bergani yuzasidan maʼmuriy ish ochildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan hujjatlar Bosh prokuratura tomonidan oʻrganib chiqilgan va Firdavs Abduxoliqovga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan.

Abduxoliqovga nisbatan MJtKning 175−8-moddasi 4-qismi (Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) bilan ish ochilgan. Bu modda bilan Kinematografiya agentligi bosh direktori BHMning 20 baravaridan (5,4 mln soʻm) 30 baravarigacha (8,1 mln soʻm) miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Bosh prokuratura hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor sudiga yuborgan. Bu ishni 2 fevral kuni koʻrib chiqish belgilangan.
Avvalroq Firdavs Abduholiqov Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy Assotsiatsiyasi boshqaruv raisi lavozimidan oʻz xohishi bilan ketgan edi. Uning oʻrniga Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxoʻja assotsiatsiya rahbari etib saylandi.

Firdavs Abduxoliqov atrofidagi mojarolar

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tarqalgan edi.
Kinematografiya agentligi va “Sevimli” oʻrtasidagi manfaatlar toʻqnashuvi tasdiqlandi
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi holatlari boʻyicha oʻrganish oʻtkazdi va natijalarini maʼlum qildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablagʻlarining taqsimlanishida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.
"Sabriya" seriali boʻyicha oʻtkazilgan ekspertiza natijalari eʼlon qilindi
“Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoshlari taʼsischiligidagi MCHJning manfaatlarini koʻzlab, davlat byudjetidan juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan”, - deyilgan edi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0