Koronavirusga qarshi emlanganlar orasida “Malibu” va qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi

© GM UzbekistanKompaniya GM Uzbekistan predstavila novuyu Malibu Turbo v eksklyuzivnom svete
Kompaniya GM Uzbekistan predstavila novuyu Malibu Turbo v eksklyuzivnom svete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
15 yanvardan boshlab vaksina olgan o‘zbekistonliklar avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanishadi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. 15 yanvardan boshlab 5 oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar o‘rtasida “Vaksina - to‘g‘ri tanlov” yutuqli o‘yinlari tashkil qilinadi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘yinlar doirasida har hafta 35 ta velosiped, 25 ta televizor, 25 ta smartfon va 25 ta planshet o‘ynaladi.
Ma’lum qilinishicha, yutuqli o‘yinlar har hafta 20:30 da Zo'rTV kanalida efirga uzatiladi. Har oyning so‘nggi shanba kunida esa super-yutuq — “Malibu” avtomobili o‘ynaladi.
O‘tgan shanba kuni Zo'rTV kanalida ilk g‘olib aniqlangan. Farg‘onaning Furqat tumanidan Esonaliyev Bahodirjon Xaliljon o‘g‘li "Malibu" yutib olgan. U Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimi.
Eslatma

15 yanvardan boshlab vaksina olgan barcha fuqarolar avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanishadi. Qo‘shimcha ravishda biror joydan ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Vaksina turining farqi yo‘q, istalganini olsa hisob. Nechanchi dozaligining ham farqi yo‘q.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0