O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi

© Foto: Federatsiya shaxmat UzbekistanaXumoyun Bekmurodov
Xumoyun Bekmurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonning yosh va iqtidorli shaxmatchilaridan biri Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.
Turizm va sport vazirligi xabariga ko‘ra, 2010-yilda tug‘ilgan Bekmurodov shu kunga qadar o‘smirlar o‘rtasidagi ko‘plab musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan. 2020-yilda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va “Spark” mashinasi bilan taqdirlangan.
Qayd etish joizki, 2016-yilda 6 yoshli Humoyun Bekmurodov sport ustaligiga nomzod bo‘lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchiga aylangan edi.
"Sen 6 yoshu 5 oyligingda sport ustaligiga dunyodagi eng yosh nomzod bo‘lib, shaxmatning yangi rekordini o‘rnatding", — deb yozilgan edi Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinovning imzosi chekilgan tabrik maktubida.
Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi – video
Yangiliklar lentasi
0