Rossiyadan Tojikistonga uchgan 2ta samolyot Toshkent aeroportiga qo‘ndi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishAeroport Pulkovo
Aeroport Pulkovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya shaharlaridan Tojikistonning Xo‘jand shahriga uchgan 2ta samolyot Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiya shaharlaridan Xo‘jandga uchgan 2ta samolyot Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Moskva va Yekaterinburgdan “Uralavia” (78 yo‘lovchi) va S7 (187 yo‘lovchi) aviakompaniyalariga qarashli samolyotlar O‘zbekiston aeroportiga yo‘naltirildi, deb xabar qildi RIA Novosti Uzbekistan airports AJga asosan.
Bugun Xo‘jandni quyuq tuman qopladi. Hozir havo kemalari marshrutni davom ettirish uchun qulay ob-havo sharoitini kutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0