Siyosat

Sherzodxon Qudratxoʻja OʻzEOAVMA rahbari boʻldi

Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qudratxoʻja Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov oʻz xohishiga koʻra ketgan Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi boʻldi.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (OʻzEOAVMA) Boshqaruv raisi lavozimiga saylandi.
Bu haqda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi aʼzolarining umumiy yigʻilishida maʼlum boʻlgan.
UzReport xabariga koʻra, Kinematografiya agentligi bosh direktori, Assotsiatsiya raisi Firdavs Abduxoliqov yigʻilishda oʻz lavozimidan ozod etishni soʻradi. Bir ovozdan ariza qoniqtirilib, u lavozimidan ozod etilgan.
Abduxoliqov oʻrniga Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori va Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxoʻja saylangan.

Firdavs Abduxoliqov atrofidagi mojarolar

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tarqalgan edi.
"Sevimli" telekanali bosh direktori vazifasidan ozod etildi
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi holatlari boʻyicha oʻrganish oʻtkazdi va natijalarini maʼlum qildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablagʻlarining taqsimlanishida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.
"Sabriya" seriali boʻyicha oʻtkazilgan ekspertiza natijalari eʼlon qilindi
“Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoshlari taʼsischiligidagi MCHJning manfaatlarini koʻzlab, davlat byudjetidan juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan”, - deyilgan edi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0