Jamiyat

Toshkent IIBB xodimlari elektroshoker bilan qurollanishmoqda

© GUVD g. TashkentaElektroshoker
Elektroshoker  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Poytaxtda IIBB xodimlari faol qarshilik koʻrsatgan shaxslarga nisbatan elektoshoker qoʻllashni boshlashdi.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadida elektroshoker bilan taʼminlanishmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi asosida aksariyat xodimlar bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilgan. Sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirilgan.
Qayd etilishicha, elektroshoker organlari xodimining qonuniy talablariga boʻysunmagan yoki unga faol qarshilik koʻrsatgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Oʻzbekistonning “Qurol toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq maxsus vositalar, shu jumladan, elektroshoker qurilmalaridan foydalanish huquqiga egadirlar.
Yangiliklar lentasi
0