Xitoy - O‘zbekiston yo‘nalishida birinchi konteyner poyezdi yo‘lga chiqdi

© Fotolia / Marco2811Perevozka konteynerov po jeleznoy doroge
Perevozka konteynerov po jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
Konteyner blok poyezdi dastlab Xitoydan Vladivostokka dengiz orqali, undan so‘ng O‘zbekistonga temiryo‘l orqali yetib keladi.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Xitoy - O‘zbekiston yo‘nalishida birinchi konteyner blok poyezdi yo‘lga chiqdi, deb xabar qilmoqda O‘TY matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, konteynerlar dastlab dengiz orqali Xitoyning Sindao portidan Rossiyaning Vladivostok portiga yetkazib berilgan. 30-yanvarda esa u yerdagi Mis Churkin temiryo‘l stansiyasidan O‘zbekistonning Chuqursoy bekatiga qarab yo‘lga chiqqan.
Blok poyezdi o‘z tarkibiga xalq xo‘jaligi mollari ortilgan 70 ta 40 futlik konteynerlarni olgan bo‘lib, Mis-Churkin stansiyasidan Chuqursoy stansiyasiga yetib kelish vaqti 11-12 kunni tashkil etadi.
Xitoy - Rossiya - O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan birinchi konteyner blok poyezdi "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ va RJD Biznes Aktiv hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Ma’lmuot uchun, Rossiya va O‘zbekiston orasida so‘nggi yillarda temiryo‘l aloqasini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, RJD va O‘TY kelishuvlariga asosan 2021-yilda ilk bor “Agroekspress” loyihasi ish boshlagan edi. Unga ko‘ra agrosanoat kompleksi yuklari temir yo‘l transportida juda tez fursat ichida Rossiyadan O‘zbekistonga va O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladi.
"Agroekspress"ning ilk qatnogvi o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida Moskva – Toshkent – Moskva yo‘nalishida amalga oshirilgan edi. Bugungi kunda ana shunday qatnovlarni oyiga 2 marotaba tashkil etish va 40 ta qirq futli avtonom refrijeratorli konteynerlar hajmiga yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Yangiliklar lentasi
0