XTV rus tili o‘qituvchilarini firibgarlardan ogohlantirdi

© SputnikV detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy
V detsadax Uzbekistana nachnut izuchat russkiy yazik kak inostranniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallarda o‘qituvchilarga pul evaziga S1 sertifikatini olib berishni va’da qilish hollari uchramoqda.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi o‘zbek va qardosh tillarda dars beriladigan maktablarda dars beradigan rus tili fani o‘qituvchilariga murojaat qildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar, xususan, Telegram’dagi “S1 vmeste s MGU” kabi kanallarda rus tili o‘qituvchilaridan ma’lum pul evaziga TRKI imtihoni o‘tkazib, TRKI S1 sertifikatini va’da qilish hollari uchramoqda. Bu borada rus tili o‘qituvchilaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Bu murojaatlarni o‘rganish maqsadida vazirlik M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining (MGU) Toshkent shahridagi filiali bilan bog‘langan. Universitet esa bunday tadbirlarga hech qanday aloqasi yo‘qligi va bu ma’lumot yolg‘on ekanini bildirgan.
OTMga kirish uchun chet tilidan ham majburiy imtihon topshiriladi
Ta’kidlanishicha, universitet sertifikatsion imtihonlarni o‘zining Toshkent filialida joriy yilning mart oyidan boshlab o‘tkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-fevraldan boshlab S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama berish belgilangan. Ustama 2-yil davomida to‘lanadi.
Yangiliklar lentasi
0