Yaponiya Qoraqalpog‘istonga bir necha million dollarlik yordam berdi

© Minzdrav UzbekistanaYaponiya pomojet klinike v Karakalpakstane
Yaponiya pomojet klinike v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiya elchisi va JICA agentligi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Yaponiya Hukumatining “Rivojlanishga rasmiy yordam” dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Tibbiyot instituti klinikasiga umumiy qiymati 7mln. dollarga teng yordam ko‘rsatiladi.
Xususan, multispiral kompyuter tomografiyasi, mobil klinika, S-arm rentgen apparati, universal xirurgik mikroskop, otolaringologlar uchun mikroskopli ish stoli, terapiya, reanimatsiya, neonatologiya, travmatologiya, xirurgiya kabi qator yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlarining kasbiy mahoratlarini yanada oshirishda zarur bo‘ladigan simulyatsion asbob uskunalar kabi 29 turdagi eng zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
Bu haqida 1-fevral kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi(JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Suguru Miyadzaki bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.
Loyihani ro‘yobga chiqarish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi va Yaponiya elchixonasi o‘rtasida Almashinuv notasi, JICA bilan Grant bitimi, shuningdek, Yaponiyaning “Grown Agents” kompaniyasi bilan O‘zbekistonga tibbiy texnika va jihozlarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirishga doir shartnoma imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0