Peskov AQShning Yevropaga qo‘shimcha kuch yuborishiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi: AQSh amalda Yevropadagi keskinlikni oshirishda davom etmoqda.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yevropaga qo‘shimcha kuch yuborishi Moskva uchun xavotir olishga sabab bo‘ladi. Chunki Vashington mintaqada keskinlikni oshirishda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“AQSh amalda Yevropadagi keskinlikni oshirishda davom etmoqda. <…> Bizning, Rossiyaning, xavotir olishi sababining yaqqol dalili”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan CNN telekanali iqtibos keltirgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Yevropaga 3 ming harbiy xizmatchilarni yuborishni rasman ma’qullaganini xabar qilingan edi. Operatsiya yaqin kunlarda o‘tkaziladi.
Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Novikov ham o‘z navbatida Amerika harbiy kuchlarini Yevropaga jo‘natish to‘g‘risidagi qaror Moskva va G‘arb munosabatlarini yomonlashtirishi va Moskavani qat’iy javob qaytarishga undashishini aytgan edi.

Ukraina masalasi va G‘arb bilan muzokaralar

So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb munosabatlari yanada taranglashdi. Vashington va Brussel Moskvani Ukrainaga “hujum qilishda” ayblamoqda va buning ortidan Sharqiy Yevropada qo‘shinlari sonini ko‘paytirmoqda.
Rossiya unga qo‘yilayotgan uydirma ayblovlarni rad etmoqda va Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini eslatmoqda: Ukraina hukumati Donbassdagi chegara hududi bo‘ylab armiyasi shaxsiy tarkibining yarmini to‘pladi va ko‘ngillilarni taqiqlangan qurol bilan otmoqda.
Kreml va Rossiya TIV “tajovuz haqidagi” axborot hujumining maqsadi Rossiya chegaralari yaqinida chet el qo‘shinlari sonini oshirish ekanini bir necha marta takrorlagan. AQSh va NATO Ukrainani qurol-yaroq bilan ta’minlab, uni harbiy harakatlarga undamoqda va bu o‘z navbatida vaziyat keskinlashishining asosiy sababi.
O‘tgan yil oxirida Moskva Brussel va Vashingtonga xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalarini topshirdi. Asosiy talablardan biri NATOning sharqqa siljimasligi bo‘lgan. Rossiya TIV xabariga ko‘ra, G‘arb o‘zining yozma javobida aynan shu talabni e’tiborsiz qoldirgan.

Mavzuga oid:

Putin va Jonson Ukraina va xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishdi
Putin AQSh va NATOning xavfsizlik bo‘yicha takliflarga bergan javobiga munosabat bildirdi
AQSh eng asosiy savolga javob bermadi – Lavrov
Moskva Vashingtondan maxfiy hujjat oldi
Yangiliklar lentasi
0