Jamiyat

“U odamdan yomonlik koʻrmagan”: Zuzu laqabli ayiq haqida

© Press-slujba Tashkentskogo zooparkaKavkazskiy burыy medved Zuzu
Kavkazskiy burыy medved Zuzu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayrim internet foydalanuvchilari Zuzu laqabli ayiq ochiq tabiatga qoʻyib yuborish taklif qildi.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Zuzu laqabli ayiqni ochiq tabiatga qoʻyib yuborish soʻrashgandi.
Bu masala yuzasidan Toshkent hayvonot bogʻi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
“Zuzu yovvoyi tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborishga tayyor emas. Birinchidan, Zuzu Kavkaz qoʻngʻir ayiqlarining kenja turi boʻlib, tegishli ravishda Kavkazda yashaydi — Oʻzbekiston hududida esa oq panjali ayiq yashaydi. Ikkinchidan, Zuzu Boku hayvonot bogʻida kelib tushgan, u yerdan esa juda kichikligida bizga olib kelingan, odamlar tomonidan boqib, tarbiyalangan”, – deydi Toshkent hayvonot bogʻi ilmiy xodimi Feruza Mirsolixova.
Boku hayvonot bogʻi direktori Azer Huseynov ham oʻz fikrini bildirdi.
“Menimcha, kiperlaridan koʻrgan gʻamxoʻrlik va mehr unga yirtqichlarga xos fazilatlarni namoyon qilishga imkon bermadi. U odamdan yomonlik koʻrmagan, shuning uchun boʻlsa kerak, bolaga yomonlik qilmagan. Xudoga shukurki, bu dahshatli voqea ibtidosi xayrli boʻldi”, - dedi mutaxassis.
28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bogʻida mudhish hodisa yuz bergandi.
Yosh ayol nomaʼlum sabablarga koʻra odamlarning koʻz oldida oʻz qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bogʻi xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirib qizaloqni chiqarib olishgan.
Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov olib borilmoqda.
Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida roʻyxatda turganligi maʼlum boʻldi.
Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.
Onasi ayiq qafasiga tashlab yuborgan qizchaning ahvoli yaxshi. U shifoxonada intensiv terapiya xonasiga oʻtkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0