Vladimir Norov Rossiyaning nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi

© ANVAR_ILYASOVPosol Rossii Oleg Malginov i zamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Vladimir Norov
Posol Rossii Oleg Malginov i zamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari “Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Rossiya elchisi Oleg Malginov bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovga “Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Rossiya elchisi ko‘krak nishonini topshirar ekan, Vladimir Norovning 2019-2021 yillarda ShHT Bosh kotibi sifatidagi faoliyatini, shuningdek, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Vladimir Norov Rossiya TIVga minnatdorlik bildirib, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin sheriklik bundan buyon ham ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishga salmoqli hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Ushbu nufuzli mukofot Rossiya fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faol hamkorligi, rus tili va madaniyatini ommalashtirishga qo‘shgan hissasi va boshqa xizmatlari uchun beriladi.
Yangiliklar lentasi
0