Buxoroda ushlangan Rossiya fuqarosiga hech qanday tayziq o‘tkazilmagan – Bojxona xizmati

© Mintrans UzbekistanaMejdunarodniy aeroport Buxari
Mejdunarodniy aeroport Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2022
Obuna bo‘lish
Bojxona organlari tomonidan Rossiya fuqarosining pasporti olib qo‘yilmagan va uning erkin yashashi uchun hech qanday cheklov o‘rnatilmagan.
TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Buxoro aeroportida qo‘lga olingan Rossiya fuqarosiga hech qanday tayziq o‘tkazilmagan, deb xabar qildi Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2-fevral kuni Buxoro xalqaro aeroportida Novosibirsk shaxriga parvozi oldidan bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tayotgan Rossiya fuqarosining qo‘l sumkasi ichida 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.
Ayni damda ushbu qurilmaning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, saqlash va undan foydalanish ta’qiqlangan yoki taqiqlanmaganligini aniqlash yuzasidan tegishli ekspertiza tayinlangan.
“Yuqoridagi holatni rasmiylashtirish jarayonida xorijiy shaxs M.L.ga nisbatan hech qanday ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilmagan, amaldagi qonunchilik talablariga asosan o‘z huquqlaridan to‘lakonli foydalanishi ta’minlangan.
Xususan, bojxona organi tomonidan fuqarolik pasporti olib qo‘yilmagan va unga nisbatan erkin yashashi uchun hech qanday cheklov o‘rnatilmagan”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi 3-fevral kuni Buxoro aeroportida Rossiya fuqarosi Maksim Limar Buxorodan Novosibirskka uchib ketish vaqtida aeroportda ushlangani haqidaxabar bergan edi.
Shuningdek elchixona Limar va O‘zbekiston huquqni saqlash organlari bilan aloqada bo‘lib turgani va vaziyatni imkon qadar tezroq hal bo‘lishiga va fuqaroning uyiga qaytishidan umid qilayotganini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0