Talabalarning har yilgi qishki ta’til kunlari o‘zgarishi mumkin

© Pexels/PixabayStudent za knijkami
Student za knijkami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2022
Obuna bo‘lish
20 dekabr–10 yanvar oralig‘ida talabalarga har yilgi ikki haftalik qishki ta’til berish taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining qishki ta’til muddatini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Prezidentning tegishli farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Dekabrning oxirgi o‘n kunligi va yanvarning birinchi o‘n kunligi oralig‘ida (20 dekabr–10 yanvar) talabalarga har yilgi ikki haftalik qishki ta’til berish taklif qilinmoqda.
Shu bilan birga ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari mavjud sharoitdan kelib chiqib o‘quvchi va talabalarga ta’til berish muddatini o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi.
Qishki ta’til boshlanishidan 10 kun oldin talabalarga poyezd va samolyot chiptalarini 50 foiz chegirma bilan sotish boshlanadi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno.
O‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun ham imtiyozli chiptalar taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.
Qishki ta’tilda harakatlanish grafigini muvofiqlashtirish maqsadida yashash joyi respublikaning bir mintaqasida, ta’lim olish joyi esa boshqa mintaqasida bo‘lgan o‘quvchi va talabalar haqida maxsus elektron platformani (www.e-holiday.uz) yaratish rejalashtirilmoqda. 2022-yil 1-mayga qadar platforma to‘liq yo‘lga tushishi kerak.
Hujjat 19-fevralgacha muhokama qilinadi. Quyidagi havola orqali muhokamada ishtirok etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0