Siyosat

Erdogʻan koronavirusga chalindi: Mirziyoyev unga maktub yoʻlladi

© REUTERS / Dado RuvicPrezident Turtsii Tayip Erdogan v Sarayevo
Prezident Turtsii Tayip Erdogan v Sarayevo  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga maktub yoʻlladi.
TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga maktub yoʻlladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
"Siz, qadrdon inimning va rafiqangiz Emine Xonim Oliyalarining koronavirus kasalligiga chalinganingiz toʻgʻrisidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim”, deyiladi maktubda.
Davlat rahbari Turkiya prezidenti va uning rafiqasi qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli yengib oʻtib, tezda shifo topishlariga ishonch bildirdi, unga mustahkam sogʻlik, kuch-quvvat va yangi zafarlar tiladi.
Avvalroq Erdogʻan Kiyevga safaridan soʻng koronavirusning “omikron” shtammiga chalindi.
"Bugun rafiqam va oʻzimda sezilgan yengil simptomlardan keyin topshirgan COVID-19 testimiz natijasi musbat chiqdi", — deb yozgan Turkiya prezidenti.
Erdoʻgʻonning soʻzlariga koʻra, unga omikron tashxisi qoʻyilgan, kasallik yengil kechmoqda. "Ishni uydan davom ettiramiz. Duolaringizga mushtoqmiz", — deb qoʻshimcha qildi davlat rahbari.
Yangiliklar lentasi
0