Kuchli qor: Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi - video

© SputnikPerval "Taxtakoracha", Amankutan
Perval Taxtakoracha, Amankutan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni qalin qor yog‘gani tufayli vaqtincha yopildi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.
Gidrometeorologiya xizmati markazi yakshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkinligini, tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilayotganini xabar bergandi.
Yangiliklar lentasi
0