Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: kasallanishlar soni pasayishda davom etmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sutka davomida 887 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 228 796 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Bir sutka davomida 887 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 228 796 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (32), Andijon viloyatida (19), Buxoro viloyatida (20), Jizzax viloyatida (18), Qashqadaryo viloyatida (20), Navoiy viloyatida (12), Namangan viloyatida (17), Samarqand viloyatida (49), Sirdaryo viloyatida (8), Surxondaryo viloyatida (45), Fargʻona viloyatida (61), Xorazm viloyatida (41), Toshkent viloyatida (107), Toshkent shahrida (438) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
148 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 212 183 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizga yetdi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 1 584 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 393,0 milliondan oshdi, 5,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (76,5 mln), Hindistonda (42,1 mln), Braziliyada (26,5 mln).
Yangiliklar lentasi
0