Rossiyada migratsiya masalalari bo‘yicha alohida idora paydo bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPosetiteli mnogofunksionalnogo migratsionnogo sentra
Posetiteli mnogofunksionalnogo migratsionnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada migratsiya siyosati bo‘yicha alohida tuzilmani tashkil etish taklif qilindi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Rossiyada alohida migratsiya idorasi paydo bo‘lishi mumkin.
Federatsiya kengashi a’zosi Vladimir Jabarov Rossiyada migratsiya siyosati bo‘yicha alohida tuzilmani tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda “Parlamentskaya gazeta” nashri xabar qildi. RIA Novosti.
Uning fikricha, Ichki ishlar vazirligi bu muammo bilan “yakka o‘zi” shug‘ullanmasligi kerak.

"Rossiyada migratsiya siyosatini alohida jiddiy idora olib borishi kerak. Bu mehnat munosabatlaridan tortib xavfsizlikkacha, migratsiya bilan bog‘liq bo‘lgan turli masalalar bilan shug‘ullanadigan yagona federal tuzilma bo‘lishi kerak", - deb hisoblaydi senator.

Avvalroq Sputnik radiosi Davlat dumasi migrantlarni genom bo‘yicha ro‘yxatga olinmagani uchun jarima qo‘llashni taklif qilgani haqida xabar bergandi.
Yangiliklar lentasi
0