Jamiyat

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi oshmoqda

© FRANCK FIFE / AFPVodu nalivayut v stakan
Vodu nalivayut v stakan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Respublikaning 1,5 mln nafar aholisi ilk bor markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlangan boʻlsa, 2,3 mln nafar aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilangan.
TOSHKENT, 7 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda salkam 70% aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Bu haqida "Oʻzsuvtaʼminot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 69,7 %ni tashkil etmokda. Qolgan 30,3 % aholi muqobil suv manbalaridan foydalanadi. Jumladan, 9 % - maxsus suv tashuvchi transport vositalari orqali, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, soʻnggi 2 yil davomida Oʻzbekistonda 988ta mahallaga ichimlik suvi oʻtkazildi va ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlangan mahallalarning soni 3 829 tani tashkil qildi.. Bu 2020 yil 1 yanvar holatiga qaraganda 35 % koʻp.
2021 yil davomida respublika aholi punktlarida 5,3 ming km ichimlik va 303,2 km oqova suv tarmoqlari tortilgan.Undan tashqari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha 352 ta mahallada 3 890,9 km ichimlik va 77,7 km oqova suv tarmoqlarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilgan. Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish maqsadida 372,3 km ichimlik va 7,1 km oqova suv tarmoqlari qurilgan va taʼmirlangan.
Yangiliklar lentasi
0