Iqtisod

“Folksvagen Grup Rus”ni Oʻzbekistonda elektromobil ishlab chiqarish imkoniyati qiziqtirmoqda

© Foto: Minenergo UzbekistanaMinistr energetiki Uzbekistana Alisher Sultanov provel v Tashkente peregovorы s generalnыm direktorom "Folksvagen Grup Rus" Shtefanom Mexa.
Ministr energetiki Uzbekistana Alisher Sultanov provel v Tashkente peregovorы s generalnыm direktorom Folksvagen Grup Rus Shtefanom Mexa. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Energetika vaziri Alisher Sultanov “Folksvagen Grup Rus” kompaniyasi bosh direktori Shtefan Mexa bilan muzokaralar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish rivojlanishi “Folksvagen Grup Rus” MCHJda katta qiziqish uygʻotdi. Bu haqda Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultanovning kompaniya bosh direktori Shtefan Mexa bilan muzokaralari davomida maʼlum boʻldi.
Toshkentdagi uchrashuvda chet el tomoniga yaqin yillarda Oʻzbekistonda “Yevro-5” sinfidagi avtomobil yoqilgʻisi, jumladan, benzin va dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalari haqida maʼlumot berilgan.
Xususan, 2021 yilning dekabr oyida Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha GTL zavodi ishga tushirilgani, bu esa “Yevro-5” standarti talablariga javob beradigan dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada diversifikatsiya qilish va oshirish imkonini berishi taʼkidlangan.
Oʻzbekistonda mahalliy elektromobillarni sotib olganlik uchun yigʻim bekor qilinishi mumkin
Bundan tashqari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda, buning natijasida 2025 yildan boshlab 1,75 million tonna “Yevro-5” standartidagi neft mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“Oʻzbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish kabi yoʻnalishning rivojlanishi “Folksvagen Grup Rus” MCHJda katta qiziqish uygʻotdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda elektromobillar olib kirishda aktsiz soligʻi va bojxona toʻlovlari olinmaydi”, - deyilgan xabarda.
Bir qator yoqilgʻi quyish shoxobchalari negizida elektromobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari faoliyat koʻrsatmoqda va bu yoʻnalishda xususiy tadbirkorlik subʼyektlari rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Xorijiy delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonda 2030 yilga borib umumiy energetika balansidagi ulushi kamida 25 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari(QTEM)ni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Uchrashuvda tomonlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Istiqbolli takliflarni batafsil koʻrib chiqishga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0