Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston Ittifoq davlatiga qo‘shilishga tayyormi - ekspert fikri

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston 15-yildan so‘ng Rossiya va Belarusdan iborat bo‘lgan ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkin, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston 15-yildan keyin Rossiya va Belarusdan iborat bo‘lgan ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkin, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya jurnalisti Vladimir Solovyovga bergan intervyuda.
“Milliy tiklanish” partiyasi lideri Alisher Qodirov Belarus rahbarining bayonotini tanqid qilib, “Sovet Ittifoqini qayta tiklashga urinishlar, bunga intilayotgan davlatlar uchun barbodlikka olib kelishi mumkin”, deb ogohlantirdi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri izoh olish uchun Ma`no tadqiqot tashabbuslari markazi direktori, siyosatshunos Baxtiyor Ergashevga murojaat qildi.
Siyosatshunosning ta’kidlashicha, ittifoq davlati va Sovet Ittifoqi – bu tuzilishi jihatidan bir-biridan prinsipal farq qiladigan birlashmalardir. Sovet Ittifoqi - bu federativ ittifoq bo‘lib, uning yagona markazi Moskvada edi. SSSR integratsiyalashgan birlashma bo‘lib, unda respublikalar shubhasiz bir xil huquqlarga ega edi, lekin ularda yagona siyosiy va iqtisodiy markazi bo‘lgan.
Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq davlatida bu ko‘zda tutilmagan. Bu o‘z moliya va bojxona tizimlari, qurolli kuchlari, davlat hokimiyati tizimi va mustaqil ravishda saylanadigan rahbarlarga ega bo‘lgan suveren davlatlar uyushmasidir. Mamlakatlar o‘z siyosatini olib boradi, biroq ozmi-ko‘pmi yagona pozitsiyalardan turib harakat qilishga intilishadi.
O‘zbekiston ittifoq davlatidami? Keling, bu savolni bo‘lajak avlodga qoldirib, birinchi navbatda YeOII masalasini hal qilib olaylik. O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilish yo‘li juda uzoq, ehtiyotli va evolyutsion bo‘ladi. Hozir respublika oldida ittifoq davlatiga qo‘shilish vazifasi turgani yo‘q. Birinchi navbatda mamlakat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiya masalasini hal qilishi kerak. Bu ayni vaqtda siyosiy va iqtisodiy ustuvor vazifadir, dedi Baxtiyor Ergashev.
Hozir XX asr emas va bir mamlakat ikkinchisini qandaydir birlashma, uyushmaga majburlab jalb qilishi mumkin, deyish juda qiyin, deb eslatdi suhbatdosh.
Bu mamlakatning o‘zi qandaydir integratsiyadan manfaatdor bo‘lsagina amalga oshadi. Hozir O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lish istiqbollarini ko‘rmoqda, chunki Rossiya va Xitoy uning eng yirik tashqi savdo hamkorlari hisoblanadi. Bundan tashqari, ro‘yxatda uchinchi yirik hamkor bo‘lgan Qozog‘iston ham bor. Uch mamlakatdan ikkitasi YeOII a’zosi hisoblanadi, demak, O‘zbekiston har qanday holatda ham yaqinroq iqtisodiy hamkorlik qilishga harakat qilishi kerak, deb hisoblamoqda Ergashev.
Bu harbiy-siyosiy maqsadlar yo‘nalishiga o‘tiladimi - bu juda uzoq kelajakda masala.
Iqtisodiy sheriklik, o‘zaro hamkorlik – hozir, bu bosqichda O‘zbekiston uchun eng muhimi, ishonchim komilki, mamlakat YeOIIga qo‘shilish yo‘nalishi sari harakat qiladi. Ayni paytda mazkur sohada bojxona masalalari, fitosanitariya nazorati, texnik jihatdan tartibga solish masalalarini moslashtirish va birxillashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozir asosiy vazifa – YeOII davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun jiddiy iqtisodiy asos yaratish, ushbu ittifoqqa a’zo bo‘lish, tovarlar, odamlar, kapital chegaralar o‘rtasida erkin harakatlanishi, yagona ta’lim-gumanitar hududni yaratishga imkon beradi. Ittifoq davlatiga qo‘shilish kabi keyingi qadamlar - kelajak avlodlar uchun, dedi ekspert.
Yangiliklar lentasi
0