Video

Oʻzbekistonda blekaut takrorlanishini qanday qilib oldini olish mumkin – ekspert

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlarda yanvar oyida yuz bergan blekautdan soʻng koʻpchilikni oʻylantirmoqda: kelajakda yorugʻlik va issiqlik taʼminotini qanday qilib uzluksiz taʼminlash mumkin?
Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga energetika boʻyicha ekspert Vyacheslav Kulagin savollarga javob berdi.
Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish zavodida avtonom elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilma ishga tushirildi. Oʻzbekiston Energetika vazirligi bayonotida aytilishicha, uning hisobiga korxona respublika milliy elektr tarmogʻini qoʻshimcha energiya bilan taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Yaqinda elektr uzatish liniyasida roʻy bergan avariyadan soʻng Oʻzbekiston energetika sohasida nimalar sodir boʻlmoqda - dedi Jahon va Rossiya energetika kompleksini tadqiq qilish boshqarmasi boshligʻi, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi huzuridagi energetika tadqiqotlari markazi direktori Vyacheslav Kulagin.
Respublika elektr taʼminotida uzilishlarni oldini olish uchun nima qilishi mumkin? Nima uchun yadro energetikasi bugungi kunda Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun muhim? “Rosatom” Oʻzbekiston va boshqa respublikalarga qanday yordam bera oladi? Ekspert savollarga javob berdi.
Vyacheslav Kulaginning soʻzlariga koʻra, GTL zavodining ishga tushirilishi bilan elektr energiya ishlab chiqarish quvvatini oshiradi. Biroq, zavod bu mamlakatda isteʼmol qilinadigan elektr energiyasining taxminan 0,5 foizini taʼminlashga qodir.
Bugungi kunda, yanvardagi energetika inqirozi fonida, ekspertning fikricha, mamlakatlar uchun tizim ishonchliligi masalalarini hal qilish muhim. Elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish uchun elektr uzatish liniyalari va infratuzilmani modernizatsiya qilish zarur.
"Qoʻshni davlatlar bilan elektr energiyasi oqimi muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari tizim ishonchli va sinxron ishlashini taʼminlashi kerak", - deydi Kulagin.
Yaqinda roʻy bergan elektr tizimidagi nosozlik, ekspertning fikricha, tasodifan roʻy bermadi. Buning sabablaridan biri - ortib borayotgan yuklanish bilan liniyalarning bardosh bera olmasligi.
Yangiliklar lentasi
0