Buxoroda ob-havoni 95% aniq aytib beradigan meteostansiya qurilmoqda

© Vzglyad-infoRadiolookatsionnaya meteostansiya
Radiolookatsionnaya meteostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu stansiya yordamida olingan ma’lumotlar tezkor ravishda dastlab Buxoro, keyin Respublika ob-havoni kuzatish markazlariga yetkazib beriladi.
TOShKENT, 9 fev - Sputnik. Buxoro viloyati Kogon tumanida meteorologik radiolokator qurilmoqda deb xabar qilmoqda Sevimli telekanali.
Ctansiya yordamida olingan ma’lumotlar tezkor ravishda dastlab Buxoro, keyin Respublika ob-havoni kuzatish markazlariga yetkazib beriladi.

“Ushbu meteorologik radiolokator 250km radiusdagi ob-havo to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi. Aholi, hokimiyat, agrar tashkilotlarga oldindan aniqligi 95-98%gacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotlari bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi”, - deydi Buxoro viloyati gidrometeorologiya markazi boshlig‘i Muxtor Xusanov.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning 17-noyabrida O‘zbekiston prezidentining "Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 4896-sonli qarori qabul qilingan edi. Unda Buxoro viloyatida meteorologik radiolokator tarmog‘ini tashkil qilish ko‘zda tutigan. Bugun qurilayotgan meteostansiya ushbu tarmoq elementlaridan biri.
Yangiliklar lentasi
0