Ekspert: SSSR va Ittifoq davlatini solishtirish - bu xato

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishStanislav Pritchin
Stanislav Pritchin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
Ittifoq davlatini SSSR bilan barcha taqqoslashlar shunchaki kulgili - ekspert Stanislav Pritchin.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Ittifoq davlatini SSSR bilan barcha solishtirishlar bu shunchaki kulgili holatlar, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkazni o‘rganish markazi eksperti Stanislav Pritchin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki tushunchaning falsafa va mafkura nuqtayi nazaridan farqi juda katta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya jurnalisti Vladimir Solovyovga bergan intervusida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston 15-yildan keyin Rossiya va Belarusdan iborat bo‘lgan Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligini aytgandi.
“Milliy tiklanish” partiyasi lideri Alisher Qodirov Belarus rahbarining gaplarini tanqid qilib, “Sovet Ittifoqini qayta tiklashga urinishlar, bunga intilayotgan davlatlarning barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, deb ogohlantirdi.
"SSSR bilan barcha taqqoslashlar shunchaki kulgili", - dedi Stanislav Pritchin.
Ekspert SSSR davlat faoliyatining falsafasini, uning iqtisodiy rivojlanishini oldindan belgilab bergan marksizm-leninizm kommunistik mafkurasiga amal qilganligini tushuntiradi. Respublikalari yagona tuzilmaning bir qismi bo‘lib, suverenitetga ega emas edi.
Ittifoq davlati yoki turli integratsiya birlashmalari, masalan, YeOII bu boshqa masala. Ularda hech kim mamlakat mustaqilligiga tajovuz qilmaydi. Iqtisodiy rivojlanish uchun ko‘plab imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

"Bu oddiy narsa - O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlari respublika YeOII a’zo bo‘lmagani uchun patentga qancha to‘lov to‘laydi? Bu milliardlab dollarni tashkil etadi. Bu pul migrantlarning oilalariga yordam berishi mumkin edi", - deydi Pritchin.

U ta’kidlashicha, har bir davlatning o‘z-o‘zini mustaqil idora qilish huquqi saqlanib qolgan va ichki siyosat masalalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan ittifoq va integratsiya birlashmalari - davr talabidir. Bu borada O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zolari ekanligidan boshlash kerak.
"Hech bo‘lmaganda savdo munosabatlaridagi to‘siq va cheklovlarsiz muhit yaratish uchun YeOIIga qo‘shilish haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Bu oddiy arifmetika va bunda mafkuraviy asoslarni izlash kerak emas", - deb xulosa qildi ekspert.
Ma`no tadqiqot tashabbuslari markazi direktori, siyosatshunos Baxtiyor Ergashev Sputnik muxbiriga izoh berdi.
Siyosatshunosning ta’kidlashicha, ittifoq davlati va Sovet Ittifoqi – bu tuzilishi jihatidan bir-biridan prinsipal farq qiladigan birlashmalardir. Sovet Ittifoqi - bu federativ ittifoq bo‘lib, uning yagona markazi Moskvada edi. SSSR integratsiyalashgan birlashma bo‘lib, unda respublikalar shubhasiz bir xil huquqlarga ega edi, lekin ularda yagona siyosiy va iqtisodiy markazi bo‘lgan.
Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq davlatida bu ko‘zda tutilmagan. Bu o‘z moliya va bojxona tizimlari, qurolli kuchlari, davlat hokimiyati tizimi va mustaqil ravishda saylanadigan rahbarlarga ega bo‘lgan suveren davlatlar uyushmasidir. Mamlakatlar o‘z siyosatini olib boradi, biroq ozmi-ko‘pmi yagona pozitsiyalardan turib harakat qilishga intilishadi.
Yangiliklar lentasi
0