Moskva viloyatida 4 nafar xorijlik do‘konga hujum qilib, kassachi ayolni o‘ldirishdi – video

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPolitsiya i skoraya pomosh
Politsiya i skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatida 4 nafar xorijlik “Patorochka” do‘koniga hujum qilib, kassachi ayolni o‘ldirishdi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Kechasi Moskva viloyatidagi Istra shahridagi Novopetrovskoe qishlog‘idagi “Patorochka” supermarketiga 4 nafar xorijlik beysbol bitalar bilan bostirib kirib, xodimlarga hujum qilishdi.
Kassadan 96 ming rublni olib, qochib ketishdi.
Sotuvchi ayol olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi, do‘kon direktori va uning turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizildi.
Hujum qilgan kishilar qo‘lga olindi. Ularning barchasi - qo‘shni davlatlardan birining fuqarolari.
Xorijliklarning boshqa bunday jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Talonchilik va o‘limga olib kelgan og‘ir tan jarohatlarini yetkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovchilar xorijliklarning Rossiyada bo‘lishi qonuniyligini tekshiradi.
Hozirda tergovchilar va kriminalistika mutaxassislari guvohlarni so‘roq qilishmoqda, hujumchilarning yashash joyida tintuvlar o‘tkazilmoqda. Hujum qilganlarga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ehtiyot chorasi tanlanadi.
Yangiliklar lentasi
0