Samarqand viloyati – yanvar oyida eng ko‘p tug‘ilish bo‘yicha yetakchi

© Depositphotos.com / FineShine avatar7 063FineShineDetskie nojki v rukax materi
Detskie nojki v rukax materi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2022
Obuna bo‘lish
Yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 tirik chaqaloq dunyoga kelgan. Eng kam tug‘ilish Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etilgan.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. 2022-yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6918 taga ko‘p. Bundan Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlari darak bermoqda.
Yangi yilning birinchi oyida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida - 8516 ta kuzatilgan. Keyingi yuqori o‘rinlarda Farg‘ona (7528), Qashqadaryo (7417), Andijon (6249), Surxondaryo (6060) va Namangan (6046) viloyatlari.
Toshkent shahrida 5864 ta, Toshkent viloyatida esa 4184 ta tug‘ilish qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3408), Buxoro (3493), Jizzax (3198) va Xorazm viloyatlari (3386) quyi pog‘onalardan o‘rin olgan.
Eng kam tug‘ilish Sirdaryo (1915) va Navoiy (1934) viloyatlarida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 35,2 million kishini tashkil etgan. Shundan 17,5 million nafari ayollar, 17,7 million nafari erkaklar.
O‘zbekistonda Yangi - 2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Yangiliklar lentasi
0