Mirziyoyev Samarqanddagi yig‘ilishda 10 nafar rahbarni ishdan oldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:
Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To‘xtayev,
Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari G‘.Mamatqulov ishdan olindi.
Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0