Moskva viloyatidagi “Patorochka”ga hujum qilgan migrantlar yonidan 43 ming rubl topildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMashina politsii
Mashina politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna bo‘lish
Moskva viloyati Istradagi “Patorochka”da bosqinchilik qilganlar yonidan 43 ming rubl topildi.
Moskva viloyati Istra shahri yaqinidagi “Patorochka” do‘konini talon-taroj qilgan bosqinchilar yonidan 43 ming rubl topildi, deb xabar berdi RIA Novosti’ga huquq-tartibot idoralaridagi manba.
"Hujumchilar jami 205 ming rublni kassadan o‘g‘irlab, qochib ketishdi. O‘g‘irlangan pullar to‘liq miqdorda topilmadi, faqat bittasining yonidan 43 ming rubl aniqlandi", - dedi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar - 4 nafar Tojikiston fuqarosi Chesnokovo qishlog‘ida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo‘yicha jinoyat ishi (talonchilik va o‘limga olib kelgan badanga og‘ir shikast yetkazish) qo‘zg‘atildi. Qonunchilikka ko‘ra, birinchi modda bo‘yicha maksimal jazo - 10-yil, ikkinchisi - 12-yil ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0