Olimpiada katta janjal: Kamila Valiyeva doping qabul qilganlikda gumonlanmoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna bo‘lish
Inside The Games rossiyalik sportchilardan birining doping-testi bilan bog‘liq muammolar tufayli taqdirlash marosimi qoldirilgani haqida yozdi.
Inside The Games rossiyalik sportchilardan birining doping-testi bilan bog‘liq muammolar tufayli taqdirlash marosimi qoldirilgani haqida yozdi.
© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir
Kreml Olimpiadadagi jamoaviy musobaqadan keyin figurali uchuvchilarni taqdirlashning kechikishi sabablari haqidagi OAVlarning xabarlariga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi.
"Hozircha biz hech qanday rasmiy bayonotlarni eshitmadik. Rasmiy bayonotlar asosida xulosa qilaylik. Hozircha bu OAVdagi ba’zi manbalar. Keling, sport mutasaddilarimizdan yoki XOQdan aniq bayonotlarni kutaylik", - dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Taqdirlash marosimi dastlab seshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, keyin esa noma’lum muddatga qoldirildi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) matbuot kotibi Mark Adams hodisa “shoshilinch vaziyat tufayli huquqiy maslahatlashuvlarni talab qilgani”ni va keyinroq qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi haqida aytdi.
Bugun XOQ matbuot xizmati rahbari Mark Adams rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyevaning doping-testi mavzusini mish-mish deb atadi. Valiyeva musobaqalardan chetlashtirilmadi, u bugun mashq qilish uchun muz maydoniga keldi.
© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2022. Trenirovka figuristki K. Valiyevoy
Olimpiada-2022. Trenirovka figuristki K. Valiyevoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Olimpiada-2022. Trenirovka figuristki K. Valiyevoy
Dushanba kuni rossiyalik figurali uchuvchilar Pekin o‘yinlarining jamoaviy turnirida 74 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Mark Kondratuk (erkaklar o‘rtasida konkida uchish), Anastasiya Mishina va Aleksandr Gallyamov (juftlik uchish), Viktoriya Sinitsina va Nikita Katsalapov (muz ustida raqs), Kamila Valiyeva (ayollar o‘rtasida yakka konkida uchish) chempion bo‘lishdi.
© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2022. Trenirovka figuristki K. Valiyevoy
Olimpiada-2022. Trenirovka figuristki K. Valiyevoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Olimpiada-2022. Trenirovka figuristki K. Valiyevoy
Ikkinchi o‘rinni amerikaliklar (65), uchinchi o‘rinni yaponiyaliklar (63) egalladi.
Yangiliklar lentasi
0