Iqtisod

Oʻsimlik yogʻini QQSdan ozod qilish muddati yana uzaytirildi

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Fotobankka oʻtishMaslo
Maslo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi qonun bilan ayrim oziq-ovqat mahsulotlari uchun QQS imtiyozlari yana uzaytiriladi
TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻini qoʻshilgan qiymat soligʻidan (QQS) ozod qilish muddati uzaytirildi. Bu prezident 9 fevralda imzolagan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunda (OʻRQ–752-son) koʻzda tutilgan.
Hujjat bilan quyidagilarning QQSdan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi:
Oʻzbekistonga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish;
oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.
Oʻzbekistonda goʻsht, baliq, kartoshka 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha QQSdan ozod qilingan edi. Joriy yil yanvarida Qonunchilik palatasi deputatlari bu imtiyozlarni yana toʻrt oyga uzaytirishga qaratilgan qonunni qabul qilishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0