Rossiya va AQShning “qat’iyatlari” nimasi bilan farq qiladi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya i Belorussiya nachala sovmestnie ucheniya "Soyuznaya reshimost - 2022"
Rossiya i Belorussiya nachala sovmestnie ucheniya Soyuznaya reshimost - 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2022
Obuna bo‘lish
“Ittifoq qat’iyati – 2022”– Moskva va Minskning Vashingtonning tajovuzkor va beo‘ylov tashqi siyosatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobidir.
Ittifoqchi davlat hududida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya va Belarus qo‘shinlarining qo‘shma o‘quv-mashqlari tashqi tahdidga qarshi qaratilgan. Uning Amerika harbiylari tomonidan Ukraina yoki Belarus hududini maqsad qilgan holda Sharqiy Yevropa davlatlari hududida o‘tkazilayotgan “Antlantik qat’iyati"dan farqi aynan shundadir.
“Ittifoq qat’iyati – 2022” Belarus-Rossiya harbiy o‘quv mashqlarining faol bosqichi 10 – 20-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi va Belarus hududida to‘rtta aerodrom, beshta harbiy poligoni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, davlat chegarasini qo‘riqlashni kuchaytirish, raqibning diversion-razvedka guruhlarini to‘xtatib qolish va yo‘q qilish, hududda mojarodan so‘ng tinchlik o‘rnatish kabi mashqlardan iborat bo‘ladi.
Ikki davlat harbiylarining imkoniyatlari mashg‘ulotlar oldidan qo‘yilgan vazifalarni ishonch bilan bajarish imkonini beradi. Ushbu mashqlarda turli darajada Belarus Respublikasining barcha qo‘shinlari ishtiok etmoqda. Bu – 45 ming askar, 600 ta tank, 1500ta BMP va BTR, 900ta artilleriya va raketa ustanovkalaridir.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng Belarusdan 30 ming Rossiya askarlarini olib chiqib ketishni va’da berdi. Mashg‘ulotlarning turli bosqichida jami 70 ming kishi va Rossiya qurollari va harbiy texnikasi ishtirok etmoqda.
Rossiya Sharqiy harbiy okrugi mutaxassislaridan tashqari Belarusga S-400 “Triumf” zenit raketa majmualari, "Pansir-S" qo‘shinlar havo mudofaa majmualari (yaqin masofa uchun), "Iskander" operativ-taktik raketa majmualari, Su-35 va Su-25SM hujumchi samolyotlari. Belarus hududini Rossiya Havo-kosmik kuchlarining uzoq masofali bombardimonchi-raketa tashuvchilari Tu-22M3 nazorat qilib turibdi.
Belarus hududida shuningdek, uzoq masofali radioelektro kurash vositalari "Krasuxa-4" ham joylashtirilgan. Ular 300 kmmasofada NATO sputniklarini va uzoq masofadan turib razvedka olib boradigan samolyotlari, F-16 va F-35 samolyotlaria va uchuvchisiz appararatlarining signallarini bosishi va dushman sputniklarini “ko‘r” qilib qo‘yishi mumkin. Bunday tizimning dunyoda muqobili yo‘q. 2015-yilda Suriyada real jang vaziyatida “Krasuxa” amerikaning ”Tomogavk” raketalarining aksariyatini nishondan boshqa tomonga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lgan edi.
“Ittifoq qat’iyati” Rossiya va Belarus o‘quv-mashqlarining operativ-strategik g‘oyasi, texnologik darajasi, jangovar potensiali va jug‘rofiy masshtabi AQShning Yevropada o‘tkazayotagn “Atlantik qat’iyatidan” sezilarli darajada ustun.

"Barbarossa" rejasiga o‘xshash

AQShning “Atalantik qat’iyati”ning rasmiy maqsadi – yevropalik hamkorlar tinchligi uchun Rossiyani “tiyib” turish. Shu o‘rinda aytish joizki aynan Vashington 2014-yilda o‘zini tutib tura olmasdan Kiyevda navbatdagi qurolli davlat to‘ntarilishini amalga oshirgan edi. Shundan so‘ng Ukrainada fuqaro urushi boshlandi, Qrim Rossiya tarkibiga qaytdi. Pentagonning barcha “qat’iyati”ni biz har kuni Donbassdan ancha uzoq bo‘lgan Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha, Ruminiya va boshqa joylarda kuzatish mumkin.
Bahorda Atlantic Resolve 2022 to‘qqizinchi missiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda AQSh Armiyasining 4-piyoda diviziyasi, 3-bronetank brigadasi Yevropaga olib kelinadi. Yangi kontingent 1800 harbiylar, 50ta vertolot, 1800ta texnika birligi - barchasi dengiz orqali Fransiyaning Dunkerk va Gretsiyaning Aleksandrupolis portlariga yetib keladi. Asosiy kuchlar Germaniyada joylashtiriladi. Eng oldingi saflar Latviya, Polsha va Ruminiyada. Rotatsiya aprel oyida yakunlanadi.
Ko‘p tomonlama Atlantic Resolve o‘quv mashqlari aslida ittifoqchi va hamkor qo‘shinlarning operativ vaziyatda birga harakat qilish xususiyatini oshirish kerak, lekin hozircha faqat AQSh bronetexnikasi va aviatsiyasining harakati kuzatilmoqda. "Atlanti qat’iyat” umuman olganda Gitlerning "Barbarossa" rejasini eslatadi: Shimoliy Amerikadan olib kelingan bronetexnika G‘arbiy Yevropa portlarida tushirib olinadi va Sharq tomon harakat qiladi. Lekin qo‘shinlari soni va sifati Vashingtonning vahimali deklaratsiyalariga muvofiq kelmaydi. Aksinsa – sichqon uyasidagi g‘imir-g‘imirni eslatadi.
Biroz oldin Yevropaga AQSh armiyasi 1-piyoda diviziyasining 1-bronnetank brigadasi (Doimiy joylashgan joyi – Kanzas shtati) olib kelingan edi. Uning tarkibida 3800ta askar, 80ta tank, 130ta Bradley jangovar mashinalari, 15 Paladin gaubitsalari, 1500 avtomobillarva 85 ta vertolet bor. Ular asosan Polsha da joylashgan. Shuningdek qisman Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ruminiya, Slovakiya va Boltiqbo‘yi davlatlarida ham.
Aytish joizki, Yevropa harbiy harakatlar teatrida AQSh armiyasi juda ishonchsiz ko‘rinadi. Amerika harbiy brigadasi atigi 20 kmkenglikdagi fronda qarshi turishi mumkin. NATOning ehtimoliy sharqiy frontining uzunligi esa 1500 kmgacha bo‘lishi mumkin. (shimoldan janubgacha)
AQShning to‘laqonli tank diviziyasi ham jami 350ta tankka va 670ta bronetransportorga ega. Jangovar mojaro sodir bo‘lganda bir necha ming AQSh harbiylari 80ta tank va 100ta piyodalar zirhli mashinasi hech narsa qila olmaydi qisqa vaqt ichida qurshovga olinishi mumkin. Ularning Amerikadan yordamga kelayotgan samolyot va kemalari aniq nishonga otuvchi qurollar yordamida yo‘l yo‘lakay cho‘qtirib yuborilishi mumkin. Natijada “hamkorlar”ning Dunkerk-1940 yoki Qobul-2021 uslubidagi dramatik va tezkor evakuatsiyasini yana bir bor kuzatishga to‘g‘ri keladi.
Pentagon o‘zining gullab-yashnagan davrida ham 100 minglik askar va 49 davtlatdan kelgan 20 ming ittifoqchilar yordamida ham Afg‘onistonda toliblarni yenga olmadi.
AQSh Qurolli kuchlari – 1 mln.dan sal ko‘proq bo‘lgan qo‘shin bo‘lib, bugungi kunda ular yuqa qatlam bilan butun Yer sharida tarqatilgan. Ham sifat ham son bo‘yicha ular bir necha bosqichli havo mudofaa tizimi, zamonaviy hujumchi aviatsiyasi va gipertovushli raketalari va yadroviy jangovar kallaklari bor bo‘lgan, yuqori texnologiyali raqibga qarshi jang olib borishga qodir emas.
Rossiya bilan qarama-qarshilikda, AQSh va NATO havo kuchlari yerdagi qo‘shinlarning himoyasini ta’minlay olmaydi. Quruqliik kuchlari esa 80% aviatsiya yordamiga muhtoj. "Iskander”lar va "Triumf"lar alyansning urush chizig‘idan yuzlab kilometr ichkarida bo‘lgan aerodromlarini yo‘q qilib tashlaydi. Yevropada potensial jangovar ustuvorlikka ega bo‘lmasdan turib, amerikalik harbiy qo‘mondonlar “sovuq urush” yillari shablonlari bilan o‘ylashda davom etmoqda va o‘zlarining “atlantik qat’iyati” bilan Belarus hududidagi Rosssiya qo‘shinlarini qarshi turmoqchi. “Hamkorlar” global xavfsizlikni mensimagan holda, o‘zlarini o‘zlari yo‘q qilib tashlamoqchi bo‘layotgandek tuyuladi.
Ikkinchi tomondan esa, Moskva va Minsk ushbu jarayonni tezlashtirish va mahalliylashtirish imkoniga ega. Ya’ni operativ ravishda qo‘shin soni bo‘yicha 10 baravar ustunlik yaratib, raqibni bir necha soat ichidan yanchib tashlash imkoniga ega.
Shu sababli ham Atlantic Resolve shuncha qo‘shinlarning jangovar tayyorligining shunchaki namoyishidir. “Ittifoq qat’iyati – 2022” Rossiya-Belarus o‘quvlarini esa – kollektiv G‘arbning texnologik va geosiyosiy jihatdan “yerga urish” yoki tinchlikka majburlash usullaridan biri deyish mumkin.
*Taliban* harakati vakillari, terrorchilik harakatlari uchun BMT sanksiyalari ostiga tushgan.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0