Hodisalar

Andijondagi shifoxonada kuchli portlash: 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi

© Press-slujba MCHS UzbekistanaV bolnitse Andijana progremel moщnыy vzrыv
V bolnitse Andijana progremel moщnыy vzrыv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Andijon viloyati Shahrixon tumani, Qoraqoʻrpa mahallasida joylashgan shifoxonada gaz portladi.
TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Bugun soat 11:30da Andijon viloyati Shahrixon tumani, Qoraqoʻrpa mahallasida joylashgan shifoxonada gaz portladi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlandi. Halok boʻlganlar haqida maʼlumot yoʻq.
Ayni damda voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
FVV matbuot xizmati hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
3 qavatli “Ziteriya” MCHJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida asosan havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi.
Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetdi.
Voqea joyiga viloyat FVVning yongʻin-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bordi.
Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, toʻrt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirildi.
Hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib bordi.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0