Hodisalar

Sud Istra shahridagi doʻkonga hujum qilgan migrantlarni hibsga oldi - video

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishPodozrevayemыy v sude
Podozrevayemыy v sude - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskva viloyati sudi Istra shahridagi doʻkonga hujum qilgan ikki nafar kishini hibsga oldi.
Sud oziq-ovqat doʻkoniga bosqinchilik sodir etib, sotuvchi-kassachi ayolga oʻlimga olib kelgan tan jarohatlarini yetkazgan 19 yoshli yigitga nisbatan 2022 yil 9 aprelga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻlladi.
Birozdan keyin sud ikkinchi 24 yoshli ayblanuvchini hibsga oldi.
Moskva viloyati prokuraturasi xabariga koʻra, barcha qoʻlga olingan 4 nafar tojikistonlik hibsga olindi.
Eslatib oʻtamiz, seshanba kuni kechasi Moskva viloyatidagi Istra shahridagi Novopetrovskoye qishlogʻidagi “Pyatyorochka” supermarketiga chet el fuqarolari beysbol bitalar bilan bostirib kirib, xodimlarga hujum qilishdi.
Sotuvchi ayol olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi, doʻkon direktori va uning turmush oʻrtogʻi shifoxonaga yotqizildi.
Gumonlanuvchilar - 4 nafar Tojikiston fuqarosi Chesnokovo qishlogʻida qoʻlga olindi.
Moskva viloyati tergovchilari maʼlum qilishicha, Istra shahrida “Pyatyorochka” kassirchi ayolni urib oʻldirgan migrantlar yana 2ta bosqinchilik sodir etganligiga iqror boʻlishdi. Hujum qilganlardan biri oziq-ovqat doʻkonida ishlagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi boʻyicha jinoyat ishi (talonchilik va oʻlimga olib kelgan badanga ogʻir shikast yetkazish) qoʻzgʻatildi. Qonunchilikka koʻra, birinchi modda boʻyicha maksimal jazo - 10 yil, ikkinchisi - 12 yil ozodlikdan mahrum etish koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0