Komiljon To‘xtayev gigant slalom bo‘yicha ikkinchi urinishni yakunladi

© Press-slujba NOK UzbekistanaKomiljon Tuxtayev nachal svoyo uchastie v zimnix Olimpiyskix igrax Pekin-2022
Komiljon Tuxtayev nachal svoyo uchastie v zimnix Olimpiyskix igrax Pekin-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2022
Obuna bo‘lish
Sportchi har ikki dasturda marraga yetib kelishni uddasidan chiqdi, biroq sovrinli o‘rinlarga ega chiqa olmadi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Komiljon To‘xtayev gigant slalom bo‘yicha ikkinchi urinishni yakunladi.
O‘zbekistonlik sportchi sovrinli o‘rinni egallamagan bo‘lsada, har ikki dasturda marraga yetib kelishni uddasidan chiqdi. Hozir To‘xtayev 29-pog‘onadan o‘rin olib turibdi.
Musobaqada shveysariyalik chang‘ichi Marko Odermatt yetakchilik qilmoqda.
Komiljon To‘xtayev Pekin-2022 Olimpiadasida o‘z ishtirokini boshladi - video
Komiljon To‘xtayev endi 16-fevral kuni slalom yo‘nalishida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Yangiliklar lentasi
0