O‘zbek qorabayir otlari dunyoni zabt etishga tayyorlanishmoqda – video

Obuna bo‘lish
Qorabayir zotli otlar mo‘g‘ul, turkman va arab ot zotlari bilan chatishtirib, takomillashtirish asosida O‘zbekistonda yetishtirilgan.
Bu otlar o‘zbek milliy merosining ajralmas qismidir. Ular, xususan, “Mash’al qorabayir” fermasida ko‘paytirib yetishtirishadi. Sputnik muxbiri u yerda bo‘lib, qorabayirlar zotli otlarni yetishtirish shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
So‘nggi yillarda bunday chopqir otlarning xalqaro bozorga chiqish istiqbollari paydo bo‘ldi.
Qorabayirlar o‘zlarining chidamliligi, chopqirligi va o‘rtacha bo‘yi kabi sifatlari bilan ot sportining polo turiga juda mos kelishadi. Bunda ular Argentina otlari raqobatlashishlari mumkin.
Qolaversa, qorabayirlar har qanday iqlimga yaxshi moslashishgan: ular o‘zini Rossiya sovuqlarida ham, arab davlatlaridagi jaziramada ham yaxshi his qilishadi. Tog‘ sharoitlarida boqishga yaxshi moslashishgan. Qorabayir ot zoti O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda urchitiladi.
O‘tgan yili Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirishga oid prezident qarori qabul qilingan edi. Hujjat bilan Milliy gvardiya huzurida Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etildi. Har yili “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida Surxondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlar ishtirokida xalqaro chavandozlar musobaqasini o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda qorabayir zotli otlar qanday ko‘paytirilayotgani va dunyo bozorida ularning qanday istiqbollari borligi haqida Sputnik videosidan bilib oling.
Yangiliklar lentasi
0