Vazir uzr so‘rashga majburlangan andijonlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi

© Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiXalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov marhamatlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov marhamatlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2022
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov: o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q. O‘qituvchi qadrlanmagan yurtning ertasi bo‘lmaydi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Marhamat tumanida ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan o‘qituvchilar bilan uchrashish maqsadida Andijon viloyatiga bordi.
Vazir o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning ruhiyatini ko‘tardi. Bugun ularning obro‘si va qadr-qimmati davlat siyosati darajasidagi muhim masala ekanligi va ularni obro‘sizlantirishga hech kim haqli emasligini qayd etdi. U yuz bergan holatni ustoz sha’nini yerga urish deb baholadi.

“Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni ulug‘lash masalasini davlat siyosatining eng yuqori darajasiga olib chiqib, o‘qituvchi jamiyatimizning eng hurmatli insoni bo‘lishi ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqda. Shunday ekan, o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q. O‘qituvchi qadrlanmagan yurtning ertasi bo‘lmaydi. Shunday ekan, bugun har birimiz, hattoki o‘qituvchilarning o‘zi ham sha’ni va obro‘sini oshirish uchun harakat qilishi zarur”, — dedi Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar bilan uchrashuv chog‘ida.

Uchrashuv so‘ngida o‘qituvchilarning fikrlarini tinglagan vazir ular bilan maslahatlashgan holda mazkur holatga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga albatta chora ko‘rilishini alohida qayd etdi.
Qayd etish joizki, Xalq ta’limi vazirligi Marhamat tumanidagi holat yuzasidan o‘rganish natijalariga qonuniy baho berish uchun hujjatlar to‘plamini Bosh prokuraturaga yuborgan.

Mavzuga oid:

Andijonda o‘qituvchilarning ota-onalardan uzr so‘rashi: voqeaga qanday munosabat bildirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0