Toshkentdagi “Aviasozlar” saroyini to‘liq rekonstruksiya qilish boshlandi – foto

Obuna bo‘lish
Yashnobod tumanidagi mazkur saroyni eng yangi andozalar asosida qayta tiklash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” saroyining to‘liq rekonstruksiyasi boshlandi. Bu haqda Yashnobod tuman hokimligi xabar qildi.

“Aviasozlar” saroyining qayta uyg‘onishi! Toshkent shahri va Yashnobod tuman hokimliklarining qarorlari asosida “Aviasozlar” saroyining to‘liq rekonstruksiyasi boshlandi”, - deyilgan xabarda

Ta’kidlanishicha, tuman aholisi uchun mazkur saroyni eng yangi andozalar asosida qayta tiklash rejalashtirilgan.

Shuningdek, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida saroy atrofida sayyohlik va dam olish bog‘i barpo etiladi.
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Yangiliklar lentasi
0