Hodisalar

Chirchiqda qalbaki hujjatlar bilan bankdan 368 ming dollar kredit olgan firibgar aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
MCHJ rahbari soxta hujjatlar bilan oʻziga tegishli boʻlmagan binoni garovga qoʻyib, bankdan 4 mlrd soʻm kredit olgan. Bu pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflagan.
TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tadbirkor va bank manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, firibgarlikka qoʻl urishda “G.I.” MCHJ rahbari J.E. gumon qilinmoqda. U “I.” MCHJga tegishli internet saytlari orqali sotuvga qoʻyilgan 3-qavatli noturar binoning kadastr hujjati va MCHJ rahbari imzo va muhrini qalbakilashtirgan.
Keyin bu hujjatlar bilan binoni garovga qoʻyib, bankdan 4 mlrd soʻm kredit olgan va pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Tijorat banki filiali masʼul shaxslari J.E. taqdim etgan hujjatlarni toʻliq oʻrganmagani va kreditning maqsadli sarflanishini monitoring qilmagani oqibatida tadbirkor va bank manfaatlariga 4 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.
Ikki fuqaroni noqonuniy yoʻl bilan Amerikaga yubormoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Jinoyat kodeksining “firibgarlik” va “hujjatlarni qalbakilashtirish” va “mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0