Facebook’da tanishgan ayolni qo‘rqitib, undan 10 mln so‘m talab qilgan turkiyalik qo‘lga tushdi

© Foto : pixabay.com / terimakasih0Ruki s mobilnimi telefonami
Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Ayolni qo‘rqitib, undan 10 mln so‘m talab qilgan turkiyalik qo‘lga tushdi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. 28 yanvar kuni fuqaro T.F. (36 yosh) Jizzax viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar qildi IIV Tergov departamenti.
Unda 2021-yil iyul oyida Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali 38 yoshli Turkiya fuqarosi A.Ch. bilan tanishib qolganligi, shu vaqtdan boshlab u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lib kelib, A.Ch. uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini o‘z uyali aloqa vositasiga yuklab olganini aytdi.
Xorijlik bu ma’lumotlarni internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, agar ma’lumotlar oshkor bo‘lmasligini xohlasa unga 10 mln so‘m berishini talab qilganligi, o‘z navbatida majbur ahvolda qolib, pul to‘plab, o‘zining ukasi orqali A.Ch.,ga 5 mln so‘m pullarni taqdim qildi.
Tergovga qadar tekshiruvda A.Ch.ning foydalanuvida bo‘lgan “SAMSUNG A71” telefoni ko‘zdan kechirilganda, xotirasida fuqaro T.F.ning 64 dona rasmlari borligi aniqlanib, telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0