Jamiyat

Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolardan vahima qilmaslikni soʻradi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy flag Ukrainы na zdanii Verxovnoy radы v Kiyeve
Gosudarstvennыy flag Ukrainы na zdanii Verxovnoy radы v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Elchixona Ukraina hududidagi oʻzbekistonliklardan tasdiqlanmagan, yolgʻon maʼlumotlarni tarqatmaslik va vahimaga berilmaslikni soʻragan.
TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, elchixona Ukraina hududidagi fuqarolardan diplomatik missiya bilan aloqada boʻlib turish, tasdiqlanmagan, yolgʻon maʼlumotlarni tarqatmaslik va vahimaga berilmaslikni soʻragan.
“Elchixona Ukraina davlat organlari, diplomatik korpus va yurtdoshlarimiz bilan doimiy aloqada”, - deyiladi murojaatda.
Xabarda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent-Kiyev yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslar amalga oshirayotgani eslatilgan. Fuqarolar xohlagan paytda vatanga qaytishlari mumkin.
Taʼkidlanishicha, 13 fevral kuni “UzAirways" Toshkent-Kiyev-Toshkent yoʻnalishida muntazam aviaparvozni amalga oshirgan. Aviakompaniya saytida berilgan maʼlumotlarga koʻra, ikki yoʻnalishda keyingi reyslar chorshanba (16 fevral) va yakshanba (20 fevral) kuniga rejalashtirilgan.
Fuqarolarda savollar paydo boʻladigan taqdirda, ular elchixonaga elektron pochtasi (embassy@uzbekistan.org.ua), telefon raqamlari (+38 044 5015000, +38 044 5014182) yoki diplomatlarning Telegram manzillari orqali murojaat qilishlari mumkin.
Avvalroq qator mamlakatlar xavfsizlik nuqtai nazaridan fuqarolarini Ukraina hududini tark etishga chaqirgan edi. Qolaversa, Kiyevdan ayrim Gʻarb mamlakatlari elchixonalari xodimlari va ularning oila aʼzolari evakuatsiya qilinayotgani xabar qilinmoqda.
Soʻnggi kunlarda Kiyev va Gʻarb davlatlari Ukraina chegarasida Rossiya tomonidan goʻyoki tajovuzkor xatti-harakatlar kuchayganidan xavotir bildirishmoqda. Moskva shunga oʻxshash ayblovlarni rad etib kelmoqda va hech kimga tahdid tugʻdirmasligi va hujum qilish niyati yoʻqligini takrorlab keladi. “Rossiya tajovuzi” haqidagi xabarlardan esa Rossiya chegaralari yaqinida NATOning koʻproq harbiy texnikalarni joylashtirish uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.
Avvalroq Rossiya TIV Gʻarbning “Rossiya tajovuzi” va Kiyevni undan himoya qilish xususidagi bayonotlari ham kulgili, ham xavfli ekanini taʼkidlagandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qoʻshinlarining mamlakat hududida bir joydan boshqa koʻchirilishi hech kimni xavotirga solmasligi kerakligini qayd etgandi.

Mavzuga oid:

AQSH elchixona xodimlariga Ukrainani tark etishni buyurdi
AQSH Donbassga qachon oʻt qoʻyadi?
Lavrov Zelenskiy Gʻarbga nima uchun kerakligini taxmin qildi
“NATO bilan jang qilishimiz kerakmi”: Putin Makron bilan muzokaralardan soʻng nimalar dedi
Yangiliklar lentasi
0