Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga stipendiya berilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Endi professional ta’lim o‘quvchilariga ham stipendiya berilishi mumkin. Bu Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi ishlab chiqqan va jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Hujjat bilan professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklini joriy qilish imkoniyatini kengaytirish va ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish mo‘ljallanmoqda.
Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik
va idoralarga 2022-yil 1-maydan xodimlar malakasini oshirish va ularni rag‘batlantirish, o‘quvchilarga stipendiya to‘lash uchun mustaqil sarflash huquqini berish rejalashtirilmoqda.
Professional ta’lim muassasasi o‘quv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishi mumkin.
Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Qonun bilan professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklini joriy qilish imkoniyati kengaytiriladi va ta’lim jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi.

Dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning yangi tartibi belgilandi
2022 yil 1-sentabrdan boshlab to‘liq yoki qisman davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibini joriy etish taklif qilingan.
Yangiliklar lentasi
0